

"Globo" xabariga ko'ra, Pelening tanasi "Santos" stadioni o'rtasiga joylashtirilgan va 24 soat davomida u bilan vidolashish uchun 150 ming inson tashrif buyurdi.
Shundan keyin Pele qarsaklar ostida mashinaga ortildi qabristonga dafn qilindi.
Eslatib o'tamiz, Pele 29 dekabr kuni 82 yoshida og'ir kasallik sababli vafot etdi. Pele uch (1958, 1962, 1970) marta jahon chempionligini qo'lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi.



