Pedroga ikki jamoa qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
1 apr 2019, 19:59
"Chelsi" yarim himoyachisi Pedro faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Milan" va "Inter" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

"Milan"ning texnik direktori Leonardo futbolchi bilan aloqaga chiqib, futbolchiga shartnoma taklif qilib bo'lgan.

Ispaniyalikning London jamoasi bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi. Pedro katta extimol bilan yozda jamoani tark etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato