Pedro kelasi hafta “MYU” futbolchisiga aylanadi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2015, 10:35
“Barselona” hujumchisi Pedro kelasi haftadayoq “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanadi.
Marca nashrining xabariga ko'ra ispaniyalik futbolchi “Old Trafford”ga tashrif buyuradi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Ma'lumotda aytilishicha, “qizil iblislar” Pedro uchun kataloniyaliklarga 30 million evro to'lashadi. “Barselona” rahbariyati Pedroning o'rnini “Selta” vingeri Nolito bilan to'ldirishni maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net