

"Leoning harakatlariga o'rganib bo'lmaydi. Nafaqat uning, balki butun jamoaning harakatlariga ham.
Messida nimani xohlasa va qachon xohlasa qiladi. Eng hayratlantiradigani, u ikki yoki uch o'yinchini orqada qoldiradi va gol uradi. Oldin uni televizorda yoki o'yinlarda ko'rganman, hozir esa u men bilan gaplashmoqda.
Men u bilan birga o'ynashni orzu qilganman. Bu hayot menga bergan sovg'adir", - deydi Pedri.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik yarim himoyachi "Las-Palmas" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u "Barselona"ga shu yilda o'tgan edi.



