"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari tarixi

Narzulla Saydullayev
5 may 2019, 11:26
"Sherlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 16 marta to'qnash kelishgan.

"Persepolis" bilan 2003 yil 11 mart kuni guruh bosqichi doirasida Toshkentga kechgan uchrashuvda Anvar Solievning yagona goli "Paxtakor"ga g'alaba keltirgan. Shu yilning 5 mart kuni Tehronda o'tgan bahsda Bikmaev hisobni ochgan bo'lsa, Budimir javob to'piga mualliflik qilgandi.

Eron jamoalaridan yana quyidagi jamoalarga qarshi uchrashuvlar o'tkazilgan:
Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4

Jami 16 bellashuvning 10tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. 23 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 8 uchrashuvning barchasida "Sherlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 14 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz