

Unda Farg'onaning "Neftchi" klubi 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, "Paxtakor"ning 18 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi.
"Sherlar" so'nggi bor 26 aprel kuni "Lokomotiv" bilan o'yinda mag'lub bo'lishgandi. Shundan keyin o'tkazilgan 18ta o'yinda jamoa mag'lub bo'lgani yo'q.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" oxirgi marta 2013 yilning 29 sentyabr sanasida "So'g'diyona" bilan o'yinda 3ta gol o'tkazgandi.



