"Paxtakor" yoshlar jamoasi Qatar U-20 termasini mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026, 14:25
Doxada yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi ikkinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Bu safar ham Qatar U-20 terma jamoasi raqib sifatida maydonga tushdi. 2007-09 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat Shuhrat Bo'riev shogirdlari bellashuvda kichik hisobda zafar quchdi. 

O'yin taqdirini hal etgan yagona to'p 30-daqiqada Asad Shuhratov tomonidan urildi. Shu tariqa, "sherlar" Qatar termasidan ustun keldi.

Jamoa yig'ini 6 fevralga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, ilk uchrashuvda Qatar U-20 g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати