"Paxtakor" yangi futbolchilarini muxlislarga tanishtirdi FOTO

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018, 17:49
Bugun "Paxtakor" stadionida jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan o'yinchilar ishqibozlarga tanishtirildi.

"Paxtakor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi nazorat bellashuvidan avval shartnoma imzolangan to'rt nafar yangi futbolchi - Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov, Bahrom Abdurahimov va Dilshod Rahmatullaev, shuningdek, ijaradan qaytgan Egor Krimec va Jaloliddin Masharipov muxlislarga tanishtirib o'tildi. Bu futbolchilar "Paxtakor" tarkibida Turkiyada o'tkazilgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etishga ulgurishdi.

Ular "Paxtakor" safida quyidagi raqamli liboslarda o'ynashadi:
Farruh Sayfiev - 34
Akmal Shorahmedov - 2
Bahrom Abdurahimov - 18
Dilshod Rahmatullaev - 8
Egor Krimec - 15
Jaloliddin Masharipov - 9


Tanishtirish marosimidan keyin futbolchilar stadionga kelgan ishqibozlarga futbol to'plari va jamoa liboslarini sovg'a sifatida taqdim etishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia