"Paxtakor" Turkiyaga Davron Hoshimovsiz uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2018
"Paxtakor" o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirish uchun Turkiyaning Belek shahriga jo'nab ketdi.

"IC Santay" mehmonxonasida istiqomat qiladigan "Paxtakor" yig'inni 21 yanvargacha davom ettiradi. 7, 11, 15 va 20 yanvar kunlari nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Yig'inga 25 futbolchi olib ketildi. U-23 terma jamoasiga chaqirilgan o'yinchilar Xitoydagi Osiyo chempionatidan so'ng klub ixtiyoriga qaytishadi.

Yig'inga jo'nab ketgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha:

Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Umid Hamroev.

Himoyachilar - Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Marko Simich, Kamoliddin Tojiev, Alisher Salimov, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov.

Yarim himoyachilar - Akbar Ismatullaev, Doston Ibrohimov, Azim Ahmedov, Rostin Griffits, Tiago Bezerra, Gidi Kanyuk, Jahongir Ahmadov, Jamshid Iskanderov, Sobit Sindarov, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev.

Hujumchilar - Jasur Hakimov, Shohrux Maxmudhojiev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz