"Paxtakor" Turkiya yig'ini doirasida Chexiya klubiga mag'lub bo'ldi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2025, 15:22
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi shu kunlarda Turkiyada yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor.

Biroz avval Pedro Moreyra shogirdlari Chexiyaning "Karvina" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Unda chexiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Bungacha "Paxtakor" Turkiyada Ruminiya va Ozarbayjon jamoalarini mag'lub etgan edi.

Turkiya, nazorat o'yini.

"Paxtakor" - "Karvina" (Chexiya) 0:2

"Paxtakor" (1-bo'lim): Nikita Shevchenko, Diyor Ortiqboev, Umar Adhamzoda, Abdulla Abdullaev, Shahzod Azmiddinov, Muhammadali Usmonov, Doston Hamdamov, Sardor Sobirxo'jaev, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Igor Sergeev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Muhammadqodir Hamraliev, Dilshod Saitov, Muhammadrasul Abdumajidov, Mahmud Mahamadjonov, Abdurauf Bo'riev, Jonatan Lukka, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Diyor Xolmatov, Bashar Resan, Ulug'bek Hoshimov.

Chetlatish: Diyorbek Ortiqboev 34


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" bugunning o'zida Toshkent vaqti bilan 19:00da Yaponiyaning "Xirosima" jamoasiga qarshi ham o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia