"Paxtakor" - "Traktorsozi". O'yinga oid ma'lumotlar

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 11:41
15 mart, seshanba kuni "Paxtakor" OCHLning 3-turida "Traktorsozi"ni qabul qiladi.

Tayyorgarlik

Oliy ligada "Qo'qon-1912" ustidan erishilgan g'alabadan keyin jamoamiz Qibrayda mashg'ulotlarni davom ettirdi. Murabbiylar shtabi futbolchilarni o'yinga yaxshi tayyorlash uchun imkon qadar harakat qilmoqda. Davron Hoshimov diskvalifikaciya sababli bellashuvni tkazib yuboradi.

"Traktorsozi" esa Eron chempionatining oxirgi turida "Fulad"dan 3:2 hisobida ustun keldi. Kecha Toshkentga yetib kelgan tabrizliklar birinchi mashg'ulotni o'tkazishdi.

Qarama-qarshilik

Bu jamoalar hozircha o'zaro to'qnash kelmagan. "Paxtakor" Eron klublariga qarshi 13 bor maydonga tushib, 9 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati - 21:13, jamoamiz foydasiga. Eron jamoalari bilan "Paxtakor" muvaffaqiyatli o'ynab kelmoqda.

O'yin rasmiylari

Bellashuvni koreyalik Kim Don Jin boshqaradi. U "Paxtakor" ishtirokidagi ikki uchrashuvda hakamlik qilgan. 2009 yil Saudiya Arabistonida "Al Ittihod" va "Al Hilol"ga qarshi bahslarda jamoamiz imkoniyatni boy bergan. OFKning uchrashuv uchun rasmiylari bilan tanishing.
 
"PAXTAKOR" - "TRAKTORSOZI"
Hakamlar:
Kim Don Jin, Park San Jun, Li Jun Min (hammasi Janubiy Koreya), Risbek Shekerbekov (Qirg'iziston).
Hakamlar nazoratchisi: Jassim Al Hail (Qatar).
Komissar: Aoki Kacufumi (Yaponiya).

Uchrashuv

Bellashuv 15 mart, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi. Chiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida 7 va 20 ming so'mdan sotilmoqda. OCHLning muhim o'yinida jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz