G'uzordagi bellashuvda Murod Ismoilov deyarli optimal tarkibdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Hujum chizig'ida bu safar Abduxoliqovni tanlagan murabbiyimiz o'ng qanot yarim himoyasida Maxsitalievni maydonga tushirdi. Mezbonlar ustozi Zoir to'raqulov ham yosh futbolchilarga e'tibor qaratayotganini takidlash joiz. Dastlabki daqiqalarda ustunlik jamaomiz tarafida bo'ldi. Buning natijasida Qilichev Iskanderovning to'p oshirishidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 18-daqiqada Abduxoliqovning harakatidan so'ng Maxsitaliev o'zini ko'rsatdi. Shu tariqa hisobni 0:2ga etkazgan futbolchilarimiz birinchi taymni xotirjam yakunlashdi.
Tanaffusdan so'ng mezbonlar faolroq harakat qila boshlashdi. Buning samarasi o'laroq bo'lim o'rtalarida Abibullaev hisobni qisqartirdi. Shundan keyin "Sho'rtan" muvozanatni tiklash umidida keskin hujumlar uyushtirishga o'tdi. Lobanov va himoyachilar bexato o'ynab, bunga yo'l qo'yishmadi. G'uzorda muhim uch ochkoga erishgan "Paxtakor" 16 ochko bilan uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Sho'rtan (G'uzor) – Paxtakor (Toshkent) 1:2 (0:2)
21 may. G'uzor. “G'uzor” stadioni.
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, N.Meshkov.
Gollar: Qilichev, 4 - 0:1. Maxsitaliev, 18 - 0:2. Abibullaev, 68 - 1:2.
Sho'rtan: Korneychuk, Aliqulov, Omonov, Solomin (Jumaboev, 58), Jo'raboev, Abibullaev, Otaxonov, Vostrikov, Raupov, Karimov, To'raev (Fomenko, 72).
Paxtakor: Lobanov, Merzlyakov, Ismatullaev, Miladinovich, Hoshimov, Maxaradze, Kozak, Qilichev (Sharofetdinov, 60), Maxsitaliev, Iskanderov, Abduxoliqov (Sergeev, 78).
Ogohlantirishlar: Otaxonov, 8. Solomin, 10. Miladinovich, 62.
Nazoratchi: R.Serazetdinov.