"Paxtakor": OCHLdagi raqiblarimiz natijalari

Narzulla Saydullayev
2 fev 2016, 11:41
Chempionlar ligasidagi "Paxtakor"ning raqiblari ichki musobaqalarda ishtiroklarini davom ettirishmoqda.

1 va 2-turlardagi raqibimiz "Al Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatida yakka peshqadamga aylandi. Riyodliklar oxirgi turda safarda "Vahda"dan 3:1 hisobida ustun kelishdi. 14 o'yinda 36 ochko jamg'argan "Hilol" yaqin taqibchisi "Ahli"ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Tabrizning "Traktorsozi" jamoasi 18-turda "Raxaxan" bilan golsiz durang o'ynadi. Jamoa 27 ochko bilan 6-pog'onani band etib turibdi.

Pley-off ishtirokchilaridan biri "Al Jazira" BAA chempionatida 16 o'yinda 16 ochko to'plab, 11-o'ringa tushib qoldi. "Al Sadd" esa Qatar ligasida 16 uchrashuvdan keyin 28 ochkoga ega holda 4-pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz