“Paxtakor” OCHL tarixida eng ko'p ochko to'plagan jamoalar o'nligidan joy oldi

Eldor Akmurzayev
15 apr 2021, 19:37
“Sport360 Saudi” portali Osiyo Chempionlar Ligasi 2003-2020 yillar davomida eng ko'p ochko jamg'argan jamoalar reytingini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa 2003 yildan boshlab hozirgi nom ostida va yangi formatda o'tkazib kelinadi. Bungacha esa turnir Osiyo Chempionlar Kubogi (1986-2002), Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati (1967-1971) deb atalgan.

Demak, musobaqaning 3 karra chempioni “Al Hilol” (S.Arabistoni) 228 ochko bilan OCHL yetakchisi bo'lib turibdi. Kuchli uchlikdan esa “Chonbuk Xyonde Motors” (J.Koreya, 198 ochko) va “Al Ayn” (BAA, 171) joy oldi. 143 ochkoga ega “Paxtakor” esa reytingda 6-o'rinda qayd etilgan.

OCHL tarixida eng ko'p ochko to'plagan jamoalar o'nligi (2003-2020)

1. “Al Hilol” (S.Arabistoni) – 228 ochko

2. “Chonbuk Xyonde Motors” (J.Koreya) – 198

3. “Al Ayn” (BAA) – 171

4. “Al Ittihod” (S.Arabistoni) – 168

5. “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) – 146

6. “Paxtakor” (O'zbekiston) – 143

7. “Al Sadd” (Qatar) – 141

8. “Al Ahli” (S.Arabistoni) – 140

9. “Sepaxon” (Eron) – 131

10. “Suvon Samsung Blyuuings” (J.Koreya) – 128

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport360 Saudi