"Paxtakor" murabbiyi pianinoda o'z mahoratini namoyish etdi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2019, 13:29
"Paxtakor" klubi ayni paytda Dubay shahrida bo'lib turibdi.

"Sherlar" yuqori kayfiyatda OCHL-2019 pley-off bosqichi doirasidagi "Al Nasr"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

Kecha jamoa murabbiyi Gocha Tkebuchava mehmonxonada barchaga pianinoda o'z mahoratini namoyish etdi. Bundan tashqari futbolchilar kecha o'z tug'ilgan kunini nishonlagan Dilshod Rahmatullaevni tabriklashdi. 

Eslatib o'tamiz, "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvi 19 fevral kuni Dubay shahridagi "Al Maktum" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.


TAS-IX 

 


TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia