"Paxtakor" mashg'ulotlarni boshladi: Suyunov ketdi, Karimov qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2013, 13:02
Kecha jamoa mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko'rishga kirishdi.

5 kun davomida qisqa tatilga ega bo'lgan futbolchilar yana mashq qilishni boshlab yuborishdi. 30 iyulda O'zbekiston Kubogining yarim final birinchi o'yiniga qadar davom etadigan jarayonda "sherlar" ikki nazorat bellashuvida maydonga tushadilar. 17 iyul kuni "Neftchi", 23 iyulda esa "Dinamo" bilan kuch sinashiladi.

Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, 2003 yildan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelgan Ilhom Suyunov bilan shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra, bekor qilindi. Unga klubimiz nomidan jamoa g'alabalariga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz. "Paxtakor"ga yarim himoyachi Sherzod Karimov qaytadigan bo'ldi. U yil boshida Xitoy superligasi a'zosi "Cindao Jonun"ga ijaraga berilgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz