"Paxtakor" mashg'ulotlarni boshladi

Alisher
2 iyun 2020
"Paxtakor" asosiy tarkibi bugundan "Jar" stadionida mashg'ulotlarga kirishdi.

Bosh murabbiy Shota Arveladze Turkiyadan qaytib kelgach, karantinda bo'lgani sababli mashg'ulotni uning yordamchilari Piter Xyuistra, Jasur Abduraimov va Gocha Tkebuchava o'tkazdi. Mashg'ulotda asosiy tarkibdagi barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Dastlab yugurish bo'yicha test mashq bajarildi. Shundan so'ng mashg'ulotning asosiy qismi boshlandi. Unda jismoniy mashqlardan keyin to'p bilan ishlovchi jihatlarga e'tibor qaratildi.


AlisherMuallif
Manba: pakhtakor.uz