

Turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Dilshod Nuraliev murabbiyligidagi “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari yarim final uchrashuvida “Krasnodar” klubini yirik 5:1 hisobida mag'lub etishdi. Jamoa sardori Ruslan Roziev o'yinda xet-trikka erishib, musobaqadagi gollari sonini 5taga etkazib oldi. Hisob 4:1 bo'lib turgan bir paytda “Krasnodar” sardori Reyxmen maydondan chetlatildi.
Endi “Paxtakor” jamoasi hal qiluvchi final uchrashuvida Belarusning “Dinamo-Minsk” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Krasnodar” esa bronza medali uchun kechadigan bahsda Abxaziyaning “Dinamo” klubi bilan hisob-kitob qiladi.
“Paxtakor” - “Krasnodar” - 5:1



