"Paxtakor" klub madhiyasi uchun tanlov e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
30 noya 2017, 10:52
"Paxtakor" futbol klubi madhiya uchun tanlov boshlanganini ma'lum qiladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilarni qo'shiq tarzida yaratilgan madhiyani "Paxtakor" futbol klubi ofisiga sher matni bilan birgalikda keltirishlari so'raladi. Sher matnida "Paxtakor" tarixi va buguni, Toshkent va O'zbekiston, jamoaning eng sovrindor va mashhur klub ekani aks ettirilgan bo'lishi kerak.

Tanlovga madhiyalar 2018 yil 1 yanvargacha qabul qilinadi.

G'olib "Paxtakor" futbol klubi tomonidan qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz