"Paxtakor": Kanyuk qaytdi, Masharipov va Hamrobekov Turkiyada

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2019, 20:10
Kechadan "Paxtakor" futbolchilari "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazishga kirishishdi.

Asosiy tarkib a'zolari qisqa tanaffusni yakunlab, yana mashg'ulot jarayoniga qaytishdi. Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov PFL tomonidan reklama roligini suratga olish jarayonida qatnashishayotgani sababli ertaga klub ixtiyoriga qaytishadi. Huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan Gidi Kanyuk mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Sadriddin Abdullaev ham umumiy guruhda shug'ullanmoqda. 20 iyul kuni AGMKga qarshi nazorat bahsi "Paxtakor" stadionida o'tkazilishi mo'ljallangan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz