

Mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagan "Paxtakor" futbolchilari 20 dekabrga qadar dam olishadi. Keyin esa Toshkent va Qibrayda dastlabki yig'in boshlanadi. Yanvar oyida xorij mamlakatlaridan birida mavsumga hozirlik jarayoni davom ettiriladi. Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarimizning tatili 30 noyabrga qadar bo'ladi. Ular o'sha kundan boshlab olimpiya termasi yig'inida ishtirok etishni boshlashadi.



