"Paxtakor" IFFHS reytingi bo'yicha Osiyoda 4-o'rinda

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2021, 15:21
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 2020 yil uchun klublar reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, "Paxtakor" 109 ochko bilan qitamizda 4-pog'onada etirof etildi. Kuchli uchlikdan Koreyaning "Ulsan Xyonde" va "Chonbuk Motors", Saudiya Arabistonining "Nassr" klublari o'rin olishdi. O'nlikdan esa "Al Hilol", "Beyjing Goan", "Al Sadd", "Persepolis", "Tokio" va "Al Ahli" (Saudiya) jamoalari ham joy olishgan. Jahon miqyosida esa "Paxtakor" 2020 yil reytingida 85-pog'onaga joylashdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати