"Paxtakor" futbol klubi rasmiy ma'lumoti

Aslanov Jasurbek
10 apr 2017
"Paxtakor" futbol klubi muassislar o'zgargani haqida tarqatilgan xabarlar to'g'ri emasligini ma'lum qiladi.

Bugungi kunda "Paxtakor" FK mas'uliyati cheklangan jamiyat hisoblanib, u 100% Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida hisoblanadi. Turli OAVda tarqatilayotgan xabarlar esa hech qanday asosga ega emas. Ayni vaqtda "Paxtakor" FK bu xabarlar yuzasidan sudga murojaat qilish huquqiga ega.Klub barcha turdagi OAV vakillariga murojaat qiladi va Paxtakor FK haqidagi xabarlar faqatgina klub rasmiy saytida tarqatilgan taqdirda haqiqatga mos kelishini bildiradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: facebook.com/pakhtakorfc