"Paxtakor" ertaga BAAga ikkinchi xorij yig'iniga jo'nab ketadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2018, 16:56
"Sherlar" ertaga BAAning Dubay amirligiga ikkinchi xorij yig'iniga yo'l olishadi.

"Paxtakor" milliy chempionatga tayyorgarlik jarayonini BAAda davom ettiradi. Yig'indan jamoa Toshkentga 24 fevral kuni qaytib keladi. Yig'in doirasida 4ta nazorat o'yini o'tkazish mo'ljallangan. Mashg'ulotlarda olgan jarohati sababli Egor Krimec BAA yig'inini o'tkazib yuboradi.

Yig'inga boradigan 24 nafar futbolchi ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Botirali Ergashev.
Himoyachilar - Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Marko Simich, Kamoliddin Tojiev, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov, Hojiakbar Alijonov.
Yarim himoyachilar - Doston Ibrohimov, Azim Ahmedov, Rostin Griffits, Tiago Bezerra, Jahongir Ahmadov, Jamshid Iskanderov, Sobit Sindarov, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev, Jasurbek Yaxshiboev.
Hujumchilar - Jasur Hakimov, Ismoil Gonsalvesh.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz