

Shvetsiya yuqori divizioni vakili "Erebru"ga qarshi o'tgan bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda Shvetsiya jamoasi ikki bor hisobda oldinga o'tib oldi. Raqib kiritgan to'plarga Komilov va Masharipov gollari bilan javob berishdi. Shu tariqa BAA yig'inida rejalashtirilgan ikki uchrashuv o'tkazildi. "Paxtakor" 6 fevral kuni kechki payt Toshkentga yetib keladi va 12 fevralda Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida "Eyr Fors" jamoasiga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi.
"PAXTAKOR" - "EREBRU" - 2:2 (1:1)
"Paxtakor": Quvvatov, Komilov, Simich, Krimec, Alijonov, Abdullaev, Rahmatullaev, Hamdamov, Cheran, Yaxshiboev, Bikmaev.
Zaxira: Ergashev, A'zamov, Sayfiev, Salimov, Sindarov, Ahmadov, Sergeev, Iminov, Masharipov.
"Erebru": Yansson, Lorencsson, Brorsson, Byorkman, Byorkvist, Gerzic, Martensson, Granlund, Omo, Boye, Bertilsson.
Gollar: Boye, 25 - 0:1. Komilov, 35 - 1:1. Rogich, 50 - 1:2. Masharipov, 75 - 2:2.



