
6-turda ikkinchi yo'llanma "Paxtakor" yoki "Naft"ga nasib etadi. Biz keyingi bosqichga chiqishimiz uchun Toshkentda "Al Shabab"ni mag'lub etishimiz va BAAda o'tadigan "Al Ayn" - "Naft" bellashuvida eronliklar zafar quchmasligi lozim bo'ladi. Al Ayn shahri jamoasi yangi stadionida hali mag'lubiyatga uchramagani sababli o'sha uchrashuvda Zlatko Dalich shogirdlari bu ananani davom ettirishga urinib ko'rishi turgan gap. "Paxtakor" esa bor e'tiborini "Shabab"ni mag'lub etishga qaratishi lozim bo'ladi.
Har qanday holatda jamoamiz oxirigacha kurashishda davom etadi. Umid qilamizki, muxlislarimizni 6 may oqshomida nimchorak final yo'llanmasi bilan xursand etamiz.
Har qanday holatda jamoamiz oxirigacha kurashishda davom etadi. Umid qilamizki, muxlislarimizni 6 may oqshomida nimchorak final yo'llanmasi bilan xursand etamiz.