“Paxtakor” bo'linish holatiga ko'ra “Navbahor”ni quvib etdi

10 iyul 2018, 11:44
Pepsi Superliganing 16-turidan keyingi bo'linish holati ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Keling, avval umumiy jadval bilan tanishib olamiz.

Tanaffusdan keyin “Paxtakor” bungacha peshqadam bo'lib turgan “Navbahor”ga yetib oldi. Mazkur turda Namangan klubi oltilikda bo'lmagan “Nasaf” mehmoni bo'ldi. Toshkent grandi esa mana shu oltilikning so'nggi a'zosi bo'lgan “Buxoro”ni taslim qilish evaziga peshqadamga aylandi. 

Keyingi oltilikda “Qizilqum”ning ishlari joyida deyish mumkin. Navoiy klubi hisobida umumiy 9 ta mag'lubiyat bor. Shularning 7 tasida yuqoridagi jamoalardan qabul qilib olingan. Quyidagilardan esa ochkolar ko'p ishlangan.

“Nasaf”, “So'g'diyona”, AGMK va “Qo'qon-1912” o'rtasida judayam qiziqarli raqobat bor. Vaziyat har turdan keyin butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Hozircha aniq tomoni shundaki, qoldirilgan 14-tur o'yinlari o'tganidan keyin ham yuqori oltilik jamoalarining nomi o'zgarmaydi. Boisi “Metallurg” va “Nasaf” o'rtasidagi ochkolar farqi 4 tani tashkil qilyapti. 

12-13 iyul kunlari qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi:

12 iyul, payshanba

AGMK - “Paxtakor”

“Bunyodkor” - “Neftchi”

“So'g'diyona” - “Buxoro”

13 iyul, juma

“Lokomotiv” - “Navbahor”

“Nasaf” - “Qizilqum”

“Qo'qon-1912” - “Metallurg”

Mazkur turda 2 ta uchrashuvga e'tibor berish kerak. Birida “Lokomotiv” va “Navbahor” o'ynaydi. Mazkur o'yin orqali “temiryo'lchilar” umumiy jadvalda raqibi bilan tenglashib olishi mumkin. Biroq bo'linish holatiga ko'ra “Navbahor”ga eta olmasligi aniq.

Shuningdek, “Nasaf” - “Qizilqum” o'yiniga ham befarq bo'lmaslikni maslahat beramiz. Bu o'yin orqali Navoiy klubi umumiy jadvalda “Nasaf”ga yetib olishi mumkin. O'z navbatida Qarshi klubi bo'linish holatida “Qizilqum”ga yaqinlashib olishi mumkin. Qolgan uchrashuvlar esa boshqa-boshqa zona vakillarining o'zaro to'qnashuvidir. Shunda ham ularga jiddiy qarash shart. Axir kim ham 22-turdagi bo'linish holatida 6-o'rindan pastda turishni istardi?

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia