"Paxtakor" AGMK bilan nazorat o'yinlari o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2019
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Paxtakor" AGMKga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.

O'yinda jamoalar ikki tarkib bilan 60 daqiqadan to'p tepishdi. Dastlabki bellashuvda to'liq tashabbusga ega bo'lgan va ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirgan "Sherlar" raqib darvozasini 4 bor ishg'ol qilishdi. Sergeev dublga erishgan bo'lsa, Masharipov va Simich hisobiga bittadan gol yozildi.

"PAXTAKOR" - AGMK - 4:0
Gollar:
Sergeev 2, 29-pen, Masharipov 38, Simich 45.
"Paxtakor": Suyunov, Sayfiev, Simich, A'zamov, Alijonov, Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Bikmaev, Masharipov, Cheran, Sergeev.
AGMK:  Sultonov, Shorahmedov, Zonich, Kasminin, Shixov, Baydullaev, Qosimov, Umarov, Toshmatov, Polvonov, Grigalashvili

Ikkinchi o'yinda esa yoshlar va jarohatdan so'ng o'zini tiklab borayotgan futbolchilar ham bellashuvda ishtirok etishdi. Mazkur bahs golsiz durang bilan nihoyasiga etdi.

"PAXTAKOR" - AGMK - 0:0
"Paxtakor":
Quvvatov, Yo'ldoshev, Krimec, Asqarov, Salimov, Abdullaev, Kozak, Hamdamov, Roziev, Kanyuk, Mahmudhojiev.
AGMK: Akbar To'raev, Mirg'iyos Sulaymonov, Bobur Yuldashev, Vladislav Kasminin, Sardor Raxmonov, Dilshod Jo'raev, G'ulomHaydar G'ulomov, Kamron Saidazimov, Shohnazar Norbekov, Zohir Pirimov, Jasur Hakimov.

"Paxtakor" ikkinchi davrani 26 iyul kuni Toshkentda "Qo'qon-1912"ga uchrashuv bilan boshlaydi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz