"Paxtakor" 8 yanvardan yig'inga kirishadi

Alisher
6 yanv 2022, 16:31
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 8 yanvar sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlaydi.

Milliy terma jamoaning BAAda o'tadigan yig'inida qatnashadigan 8 nafar "Paxtakor" futbolchilari - Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov, Sardor Sobirxo'jaev va Sherzod Temirov jalb etilgan. Ushbu futbolchilar fevral oyidan klub ixtiyoriga qaytishadi. Qolgan futbolchilar esa Toshkentda mavsumga hozirlikni boshlashadi. 5-20 fevral kunlari Turkiyaning Belek shahrida xorij yig'ini o'tkaziladi. Ushbu yig'in davomida Rossiya, Gruziya va Ukrainaning "Dinamo" klublariga qarshi uchta nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgan.


10 fevral

"Paxtakor" - "Dinamo" Moskva

15 fevral

"Paxtakor" - "Dinamo" Tbilisi

19 fevral

"Paxtakor" - "Dinamo" Kiev

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pakhtakor.uz