"Paxtakor-79" xotirasiga atab ko'plab tadbirlar tashkil etiladi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2019, 17:10
11 avgust kuni "Paxtakor"ning mashum aviahalokatiga 40 yil to'ladi.

"Paxtakor" futbol klubi o'zbek futbolida yorqin iz qoldirgan jamoa vakillarini xotirlash maqsadida bir necha tadbirlar o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu borada klub katta ko'lamda ish olib bormoqda. 11 avgust kuni ishqibozlar "Paxtakor" stadionida O'zbekiston va sobiq SSSR faxriy futbolchilari ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda mashhur yulduzlarning qatnashishi mo'ljallangan. Shuningdek, o'sha kuni stadionda o'yingacha ham muxlislar uchun badiiy dastur taqdim etiladi.

Avgust oyi boshida Toshkentda 2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar o'rtasida "Xotira qanotlari" musobaqasi o'tkaziladi.

"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga ayni paytda yangi hujjatli filmni suratga olish ishlari davom etmoqda. Tez orada ushbu filmdan parchalarni o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz