"Paxtakor-79" jamoasini xotirlash tadbiridan GALEREYA

Sherzod Nurmatov
11 avg 2025
Bugun "Paxtakor" stadionida o'rnatilgan yodgorlik va Botkin qabristonida 1979 yil 11 avgust kuni sodir bo'lgan aviahalokat natijasida hayotdan ko'z yumgan jamoa a'zolarini xotirlash tadbiri o'tkazildi.

Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub vakillari va muxlislar ishtirok etdi. Tadbirda so'z olganlar jamoani xotirlar ekan, "Paxtakor" butun O'zbekistonni dunyoga tanitgani, muxlislarning faxri bo'lgani, fojia sababli futbolimiz katta yo'qotishga uchraganini alohida ta'kidladilar. 

"Samoga sochilgan yulduzlar" nomi hech qachon unutilmaydi. Yildan yilga ularning siymolari yosh avlodga faxr tuyg'usi bilan ko'chib o'tmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати