"Paxtakor" 6 nafar futzalchi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 11:04
"Paxtakor" futzal jamoasi tarkibiga 6 nafar taniqli o'yinchilar kelib qo'shildi.

Chempionatda kelasi mavsum munosib ishtirok etishni maqsad qilayotgan "Paxtakor" futzal jamoasi bir qator taniqli futzalchilar bilan shartnoma imzoladi. Faoliyati orqali nafaqat O'zbekiston, balki Osiyoda o'ziga mos nomga ega Dilshod Irsaliev "Olmaliq"dan "Paxtakor"ga ko'chib o'tdi. Shuningdek, "Bunyodkor"dan Faxriddin Samegov, "Do'stlik-AIN"dan Akmal Hazratqulov, Feruz Faxriddinov va Alisher Ibrohimov, "Metallurg"dan Maqsud Fayzullaev jamoa safiga qo'shilishdi.

Yanvar oyida futzalchilar navbatdagi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz