"Paxtakor" 6 nafar futbolchi bilan xayrlashganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2024, 12:37
Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.

"2024 yilgi mavsumga yoshargan tarkib bilan kirib kelayotgan jamoamizni Azizbek Turg'unboev, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Pshemislav Banashak, Metyu Stinvorden va Hojimat Erkinov kabi futbolchilar tark etishdi", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot o'rnida, futbolchilar quyidagi jamoalarga yo'l olishdi:

Azizbek Turg'unboev – "Sivasspor" (Turkiya)

Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev – "Navbahor"

Hojimat Erkinov – "Al Vahda" (BAA)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати