Pavel Smolyachenko "Buxoro"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2015, 20:14
"Buxoro" o'z safini maxoratli o'yinchilar hisobiga kuchaytirishda davom etmoqda.

Joriy mavsumning birinchi qismini Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'tkazgan Pavel Smolyachenko endi kelgusi faoliyatini "Buxoro"da davom ettiradigan bo'ldi.

Davralar oralig'ida buxoroliklarning murabbiylar shtabida ish boshlagan Tachmurod Agamurodov 24 yoshli futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Smolyakenko shu bois hech ikkanlanmay, "Buxoro"ga ko'chib o'tdi.  

Pavel kuni-kecha "Buxoro" bilan rasman shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda uning o'zi saytimizga ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia