Pavel Leus "Sho'rtan"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 10:57
G'uzorning "Sho'rtan" klubi rahbariyati litvalik darvozabonga javob berib yubordi.
Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra Pavel Leus jamoani tark etgan. Posbon bu yil oliy ligada 3ta o'yinda maydonga tushgan v 6ta gol o'tkazib yuborgan. E'tiborlisi uchala ("Metallurg", "Lokomotiv" va "Guliston"ga qarshi) o'yinda ham "Sho'rtan" mag'lub bo'lgan.

Leus o'tgan yillar davomida "Nasaf", "Buxoro" va "Qizilqum" klublarida ham faoliyat olib borgandi. Uning oliy ligadagi umumiy ko'rsatkichi quyidagicha: 38ta o'yin 61ta to'p o'tkazib yuborgan. 8ta o'yinni "quruq" o'tkazgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia