Pau Torres faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin

Alisher
25 iyul 2022, 18:01
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin.

"Chelsi" klubdan yozda Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen ketgani sabab markaziy himoyani kuchaytirishga muhtoj.

Bu rol uchun nomzodlardan biri Torresdir.

Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato Web