Patris Evra: "Ronaldu "Manchester Yunayted"ga har doim kerak bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
23 sen 2022
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evraning fikricha, Krishtianu Ronaldu jamoaga hali ham kerak.

"Balki hozir "Manchester Yunayted" qiyinchiliklarga duch kelgan va boshqa o'yinchilardan foydalanishi kerakdir, ammo ular doimo Krishtianu Ronalduga muhtoj bo'ladi. Menga ishoning. “Manchester Yunayted”dagilar bir kun kelib “Krishtianu, iltimos, qol” deb aytishadi, - dedi Evra A Bola nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: A Bola