Pato "San-Paulu"dan ketdi

Alisher
22 avg 2020, 13:00
Forvard Aleshandre Pato "San-Paulu"dan ketganini e'lon qildi.

Bu haqda 30 yoshli futbolchi o'zining tvitter sahifasida ma'lum qildi.

"Faoliyatimdagi yana bir bosqich yakun topmoqda. "San-Paulu"ga ish paytidagi qo'llab-quvvatlash, ishonch va professionalizm uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoa muxlislariga katta rahmat. Men uchun bu klubning libosini kiyish faxr bo'ldi", - deydi hujumchi.

Forvard "San-Paulu" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Oldinroq, Aleshandre Yevropaga, aniqrog'i 2008-2013 yillar davomida o'ynagan "Milan"ga qaytishni xohlayotganini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/pato