Pato "Liverpul"ga emas "Chelsi"ga o'tishni istayapti

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2016, 12:12
"Korintians" hujumchisi Aleshandre Pato faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli hujumchiga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda, ammo braziliyalik London klubida o'ynamoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" Pato borasida "Korintians" bilan kelishuvga erishdi va qizillar bu transfer uchun 15 mln. evro to'lashga tayyor. "Milan" sobiq hujumchisining San-Paulu klubi bilan shartnomasi shu yilning dekabr oyida yakuniga etadi.

Pato Braziliya chempionatining joriy mavsumida 33 uchrashuvda 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent