

“Inter”ga o'tish? Nega endi yo'q? Men professionalman va boz ustiga Italiya futbolini juda ham yaxshi ko'raman. Hozir Xitoyda o'zimni yaxshi xis qilyapman. Lekin kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi”, - dedi Pato La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Pato uchun Italiya futboli begona emas. Braziliyalik hujumchi 2007 yildan 2013 yilga qadar “Milan” klubi sharafini himoya qilgan. U o'tgan vaqt mobaynida A Seriyada 117ta uchrashuvda maydonga tushib, 51ta gol kiritgan.




