Evra: "Manchester Siti" yana APLni yutadi"

Sherzod Nurmatov
21 apr 2026, 19:35
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evra Angliya chempionatida intriga tugab borayotgani va Londonning "Arsenal" jamoasi chempionlikdan mahrum bo'layotganini aytdi.

"Men "Arsenal"da muvaffaqiyatga ishonchni ko'rmayapman. Siz muvaffaqiyatga ishonmasangiz, boshqa hech kim ishonmaydi. Ular yana dejavyuni boshdan kechirmoq, ular ligadagi yetakchilikni yana bir bor yo'qotdi. Albatta, Gvardiola bu safar ham bu imkoniyatni qo'ldan boy bermaydi", – dedi fransiyalik sobiq futbolchi.

O'tgan dam olish kunlarida "Manchester Siti" "Arsenal"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: derbyderbyderby.it