Pastore Londonga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018
"Vest Xem" PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore bilan muzokaralarni qaytadan boshladi.

Oldinroq London jamoasi futbolchining moliyaviy shartlariga rozi bo'lmagandi. Pastore "Vest Xem"dan haftasiga 190 ming funt maosh so'ragan. "Sky Sports" xabariga ko'ra, "bolg'achilar" bu shartga rozi bo'ladi.

Futbolchining transfer narxi 17,5 mln funtni tashkil qiladi. 28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Fransiya chempionatining 25 uchrashuvida qatnashdi va 4 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports