Pastore faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 okt 2017
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

Parij klubi moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun o'z xavbeki bilan xayrlashmoqchi.

Yaqin vaqt ichida agent Kia Jurabchian Fransiya klubi rahbariyati bilan 28 yoshli futbolchining "Chelsi"ga o'tishi borasida muzokara o'tkazadi. Oldinroq OAVda Pastorega "Inter" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

Joriy mavsum Pastore Fransiya chempionatining 4ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le 10 Sport