Parvanov, Usmonxo'jaev, Kamolov va ikki afrikalik futbolchi "Andijon" yig'inida

Narzulla Saydullayev
7 fev 2014, 12:53
Andijonliklar bugundan navbatdagi yig'inga kirishdi.
Futbolchilar rejadagidek bugun Toshkentda yig'ildi.
Jamoa yig'iniga bir qator yangi futbolchilar qo'shilganini aytish lozim.

Xususan oldinroq xabar berganimizdek, Mirzakamol Kamolov yana "burgutlar" safiga qaytgan. Undan tashqari "Loko"ning sobiq o'yinchilariga aylanib ulgurgan darvozabon Artur Parvanov bilan yarim himoyachi Sobir Usmonxo'jaev ham ayni damda andijonliklar bilan birga.

Shuningdek Afrikadan tashrif buyurgan "Mark Stars" jamoasining ikki nafar a'zosi ham "Andijon" yig'iniga kelib qo'shilgan. Hozircha bu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yaqin kunlarda tajribali markaziy yarim himoyachi Sanjar Asqaralievning ham "Andijon" ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia