Parti uchun kurashga yana bir top-klub qo'shildi

Alisher
24 apr 2020, 13:50
"Yuventus" "Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Partining transferi borasida ishni boshladi.

Xabarlarga ko'ra, Turin klubi ganalik futbolchini yozgi transferlar oynasida sotib olish borasida so'rov yubordi.

"Yuventus" Partining 50 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor. Ammo, "Atletiko" o'yinchi bilan yangi shartnoma imzolashga urinmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" xavbekiga shuningdek Londonning "Arsenal" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca