Parti LaLigaga yo'l olishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 okt 2023
"Arsenal" futbolchisi Tomas Parti Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, ganalik futbolchining xizmatlariga "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Tomasning o'zi jonajon chempionatiga qaytishga qarshi emas. 2013-2020 yillar davomida u aynan "Atletiko"da o'ynagan va "Arsenal"ga o'tib, 5 yillik shartnoma imzolagandi. Uning transfer summasi 35 mln evroga baholanmoqda.

Ushbu mavsumda Parti APLning 4 o'yinida qatnashib, samaradorlik qayd etganicha yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes