Parti "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi

Alisher
15 iyul 2020, 17:21
"Atletiko" xavbeki Tomas Parti "matraschilar" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.

Tomasning yangi shartnomasiga ko'ra, futbolchi hozirgi haftasiga 75 ming evro maoshidan ikki baravar ko'p oladi. Shuningdek uning tovon puli 50dan 100 million evroga qadar ko'tariladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Tomas "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2016 yildan buyon Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ghanasoccernet.com