

"Arsenal" klubi muxlislari o'z jamoalarining fevral oyidagi eng yaxshi o'yinchisini aniqlashdi.
Birinchi o'ringa yarim himoyachi Tomas Parti loyiq ko'rildi. Parti 49% ovoz yig'di. Keyingi o'rinda Martin Edegor qayd etilgan bo'lsa, Bukayo Saka uchinchi o'rinni egalladi. 28 yoshli Tomas Parti fevral oyida to'rt marta maydonga tushib, bitta assist qayd etgan.



