
Gap orasida Parreyra hazillashib, kelib chiqishi argentinalik bo'lgan Rim papasi Francisk haqida ham fikr bildirib o'tdi.
“Papa papaligicha qoladi va u hech qanday millatni tanlaymaydi. Lekin biz JCH-2014 finali Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasida bo'lishi uchun ibodat qilamiz. Bizning jamoada finalga chiqish uchun imkoniyat bor deb o'ylayman, Argentina esa juda ajoyib jamoa. Ularning tarkibida dunyoning eng kuchli futbolchisi Lionel Messi harakat qiladi”, - deydi Parreyra.