“Parma”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Fabio Liverani “Parma”ni boshqaradi.

“Parma” klubi Fabio Liverani jamoa bosh murabbiyiga aylanganini e'lon qildi. 44 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik bitimga imzo chekilgan.

Liveranining so'nggi klubi “Lechche” bo'lgandi. U mazkur klub bilan A Ceriyada 18-o'rinni olgan holda quyi ligaga tushib ketgandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 23 avgustda Roberto D'Aversuni ishdan bo'shatgandi.


Manba: “Парма” расмий сайти